Deputat Nazokat Boymuratova Ayronkõl mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan uchrashdi. Tashrif davomida, Boymuratova mahalla aholisi uchun ijtimoiy yordam dasturlarini kuchaytirish, nogironlar uchun imkoniyatlar yaratish va kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan yangi tashabbuslar haqida gapirib o‘tdi. U fuqarolarni birlashib, muammolarni hal qilishda hamkorlikka chaqirdi.