Qo'shko'pir tuman Kengashi deputati Artikova Oybibi tomonidan fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuv davomida qo‘shimcha tomorqa yerlarining o‘z vaqtida va samarali ravishda ekilishini nazorat qilish ishlari olib borildi. Shu bilan birga, fuqarolarga tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, fuqarolarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan faol foydalanish, o‘z tomorqalaridan oqilona foydalanib, daromad manbalarini kengaytirish muhimligi to'g'risida to'htaldi.
Deputat o‘z tashrifi doirasida Qadriyat mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila — Masharipov Komil xonadonida ham bo‘lib, ularning yashash sharoitlari, kundalik muammolari va ijtimoiy ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdi.