Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_Haftalik_ish_reja #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganilmoqda
янв.21
#_Haftalik_ish_reja #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Shohjahon mahallasida fuqarolar murojaatlari manzilli o‘rganildi
янв.21
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_Kotibiyat_mudiri_faoliyati #_24_talik_masala Aholi murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_Haftalik_ish_reja #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Bog‘ishirin mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
#_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda
янв.21
#_Kengash_raisi_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_kotibiyat_mudiri_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ustozlar — yurt e’zozi va ta’lim taraqqiyoti tayanchi
янв.21
#_yoshlar_masalaht_guruhi_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Ma’rifat karvoni” — ma’naviyat va ma’rifat sari ezgu qadam
DAVLAT TILI — MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA QONUN USTUVORLIGINING MUHIM ASOSI

O‘zbek tili — xalqimizning milliy o‘zligi, ma’naviy merosi va tarixiy xotirasini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Uni asrab-avaylash, davlat tilining nufuzini yuksaltirish hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash muhim vazifalardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 167-I-sonli Qonuni bilan «Davlat tili haqida»gi Qonun yangi tahrirda tasdiqlangan. Mazkur hujjat davlat tilining huquqiy maqomi, rasmiy ish yuritishdagi o‘rni va qo‘llanilishining asosiy qoidalarini belgilab beradi.

Qonunning 1-moddasida O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili ekanligi mustahkamlangan. Shu bilan birga, 2-moddada davlat tiliga maqom berilishi mamlakatimizda yashovchi boshqa millat va elatlarning o‘z ona tilidan foydalanish huquqlarini cheklamasligi belgilangan. Bu tamoyil jamiyatda o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonunda davlat tilini o‘rganish, ta’lim olish tilini erkin tanlash, o‘zbek adabiy tili me’yorlariga rioya qilish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, 4 va 6-moddalar fuqarolarning davlat tilini o‘rganishi hamda ta’lim olish tilini tanlash bilan bog‘liq huquqlarini kafolatlaydi.

Shuningdek, 8 va 9-moddalarda qonunchilik hujjatlari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hujjatlarini davlat tilida qabul qilish va e’lon etish, davlat organlarida ish yuritishni davlat tilida amalga oshirish tamoyillari belgilangan. Bu talablar davlat boshqaruvida ochiqlik, tushunarlilik va rasmiy hujjatlarning yagona til me’yorlariga muvofiq yuritilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Qonunning 14-moddasiga ko‘ra, fuqarolar davlat organlari va tashkilotlariga davlat tilida yoki boshqa tillarda murojaat qilish huquqiga ega. 19 va 20-moddalarda esa muassasalarning muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari, lavhalar, e’lonlar va boshqa axborot matnlarini davlat tilida rasmiylashtirishga oid talablar nazarda tutilgan.

Ayniqsa, qonunning 24-moddasi alohida ahamiyatga ega. Unda O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoxud xusumat bilan qarash taqiqlanishi belgilangan. Bu qoida til masalasida qonuniylik, o‘zaro hurmat va fuqarolarning huquqlarini e’zozlash tamoyillarini mustahkamlaydi.

Davlat tiliga hurmat — qonunga hurmat, milliy qadriyatlarga ehtirom va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatdir. Shu bois davlat tilining nufuzini oshirish, rasmiy ish yuritishda adabiy til me’yorlariga rioya etish, hujjatlar va axborot matnlarining savodli hamda tushunarli bo‘lishini ta’minlash har bir tashkilot va fuqaroning muhim vazifasidir.

Ona tilimizni asraylik, qadrlaylik va uning ravnaqi yo‘lida barchamiz mas’ul ekanimizni unutmaylik!

Slide 1 of 1