Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_Haftalik_ish_reja #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganilmoqda
янв.21
#_Haftalik_ish_reja #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Shohjahon mahallasida fuqarolar murojaatlari manzilli o‘rganildi
янв.21
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_Kotibiyat_mudiri_faoliyati #_24_talik_masala Aholi murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_Haftalik_ish_reja #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Bog‘ishirin mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
#_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda
янв.21
#_Kengash_raisi_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_kotibiyat_mudiri_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ustozlar — yurt e’zozi va ta’lim taraqqiyoti tayanchi
янв.21
#_yoshlar_masalaht_guruhi_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Ma’rifat karvoni” — ma’naviyat va ma’rifat sari ezgu qadam
“Turon” mahallasida ekologik vaziyat deputatlik nazorati doirasida muhokama qilindi

Termiz shahrida ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni asrash, daraxtlarni muhofaza qilish hamda atrof-muhit bilan bog‘liq masalalarni joyida o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “Turon” mahallasida bo‘lib, Termiz shahar Ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘i S.Qurbonov ishtirokida mahalladagi ekologik vaziyatni muhokama qildi.
Uchrashuv davomida mahalla hududida qurib qolgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish, ularning holatini mutaxassislar tomonidan o‘rganish hamda belgilangan tartibda tegishli xulosalar berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, daraxtlarning qurish sabablarini aniqlash, ekologik holatni yaxshilash va yashil hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralarni belgilash yuzasidan fikr almashildi.

Asosiy maqsad — mahallada ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mavjud yashil hududlarni asrash hamda aniqlangan muammolarni qonunchilik talablari asosida hal etishga ko‘maklashishdan iborat.