Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#_Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida Sariosiyo tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari doimiy nazoratda
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
#162_ta_qonun KEKSALAR VA IJTIMOIY EHTIYOJMAND SHAXSLARGA IJTIMOIY XIZMATLAR TO‘G‘RISIDA QONUN
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati amalda
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Tumanda “Mustaqillik to‘yi” harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi
янв.21
Haftalik_ish_rejaning_ijrosi Tadbirkorlar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi

#_deputat_faoliyati
#_162_ta_qonun
#_24_ta_masala
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "8-G'alaba" saylov okrugidan saylangan deputat X.Melikov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasritdinovlar tomonidan “Do'stlik” mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan hamda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Har bir murojaat sinchkovlik bilan o‘rganilib, mavjud holatga huquqiy va amaliy jihatdan baho berildi. Muloqot davomida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar deputatning murojaatlar daftariga qayd etildi va ularni qonunchilik doirasida hal etilishi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli ravishda bartaraf etish hamda aholining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlash, ularning muammo va takliflarini tinglash, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish hamda amaliy yechim topish davlat organlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 4