Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#_Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida Sariosiyo tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari doimiy nazoratda
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
#162_ta_qonun KEKSALAR VA IJTIMOIY EHTIYOJMAND SHAXSLARGA IJTIMOIY XIZMATLAR TO‘G‘RISIDA QONUN
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati amalda
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Tumanda “Mustaqillik to‘yi” harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi
янв.21
Haftalik_ish_rejaning_ijrosi Tadbirkorlar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi

“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati J.Hasanov “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hamda aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman miqyosidagi mutasaddilarga deputatlik so‘rovlarini yubordi.

Murojaatlar negizida hududdagi eng og‘riqli uchta masala — tibbiyot, ekologiya va maktabgacha ta’lim muammolari aks etgan:

1. Olis qishloq aholisi uchun mobil tibbiyot xonasi tashkil etiladi

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i S.Yuldoshevga.

Tuman markazidan qariyb 20 km uzoqlikda joylashgan “Madaniy turmush” qishlog‘ida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun bino yo‘q. Keksalar, homilador ayollar va yosh bolali onalar oddiy muolajalar uchun ham uzoq yo‘l bosishga majbur bo‘lmoqda.

Hududda barcha sharoitlarga ega bo‘lgan 1 xonali maxsus tibbiyot konteynerini (mobil ijtimoiy xona) ajratish va uni zarur dori-darmonlar bilan ta’minlash choralari ko‘rib chiqilishi so‘raldi.

2. O‘zbekiston ko‘chasidagi chiqindi muammosi bartaraf etiladi

“Bio tex eko” MChJ rahbari K.Shomurodovga.

Mahallaning O‘zbekiston ko‘chasida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani sababli noqonuniy chiqindi uyumlari yuzaga kelgan. Havo isib borayotgani sababli badbo‘y hid va yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi ortmoqda.

Chiqindi uyumlarini qisqa muddatda to‘liq tozalash hamda maxsus transport vositalarining qat’iy grafik asosida kelishini ta’minlash talab qilindi.

3. Mahallada 150 o‘rinli bog‘cha qurish zarurati qo‘yildi
Tuman hokimi o‘rinbosari S.Tashanovaga.

“Tolto‘g‘ay” mahallasida bog‘cha yoshidagi (3–7 yosh) bolalar soni juda ko‘p bo‘lishiga qaramay, hududda birorta ham maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emas.

Mahallada kamida 150 o‘rinli zamonaviy bog‘cha qurish yoki uni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish imkoniyatlarini asoslantirgan holda ko‘rib chiqish masalasi ilgari surildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq, deputatlik so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish mansabdor shaxslarga qonuniy javobgarlik keltirib chiqaradi.