Yangiliklar

Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashi deputati R.Yegitaliyev hamda Kengash kotibiyati mudiri G'.Abdullayevlar tumandagi Muqimiy mahalla fuqarolar yig'inida "mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o'tkazishdi.

         Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, dasturlarga kiritilgan loyihalar ijrosi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalari muhokama qilindi.

         Mahallada joylashgan Muqimiy, Furqat, Oq oltin, Navoiy va Birdamlik ko‘chalarini o‘rganish natijasida zak suvni tortish uchun drenajlarni ishlamayotganligi aniqlandi. Ushbu muammoni hal etish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

         Shuningdek, Muqimiy mahalla fuqarolar yig‘ini uchun davlat xususiy sherikchilik asosida bino qurilayotgan joy ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 6