Yangiliklar

Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

✏️ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Sattorov "Billur" mahallasi yettiligining faoliyati bilan tanishdi.

⌛️ Mahalla raisi hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, murojaatlar bilan ishlash hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi. Ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘chalarni yoritish va infratuzilmani yaxshilash ustuvor vazifa etib belgilandi.

⌛️ Xotin-qizlar faoli tomonidan yoshlar hamda ayollar bandligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

💠 Profilaktika inspektori huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan axborot berdi.

Slide 1 of 3