Aholi muammolari hal etilmoqda
Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati S.Qosimov tashabbusi bilan, joriy yilning 20-fevral kuni Sariosiyo tumanidagi mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan Faol nuroniylar hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadoniga tashrif buyurib, ushbu oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi hamda hududning obodonlashtirish ishlariga bosh-qosh bo‘lib, fuqarolarga kambag‘alikdan chiqish yo‘llari bo‘yicha tomorqadan unumli foydalanish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, farzandlarni foydali mehnatga jalb qilish, hunarmandchilikka o‘rgatish to‘g‘risida tavsiyalar va maslahatlar berildi.