Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🤝 IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi deputati S.Qo‘narova tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida markaz faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamlariga manzilli yordam ko‘rsatish, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda tegishli xizmatlar bilan hamkorlikni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — hududda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini kuchaytirishdan iborat.

Slide 1 of 1