🔰#munosabat
🌱“Yashil makon” — ekologik barqarorlik va yashil kelajak sari muhim qadam
♻️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida G‘uzor tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan ko‘chatchilik markazi faoliyati bilan tanishgani mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilayotgan e’tiborning amaliy ifodasidir.
♻️Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, ko‘chat yetishtirish, yashil hududlarni kengaytirish va daraxtlarni parvarishlash — kelajak avlod salomatligi uchun muhim sarmoyadir. Bunda nafaqat ko‘chat ekish, balki uning o‘sib-rivojlanishini ta’minlash ham ustuvor vazifa bo‘lishi lozim.
♻️Jondor tumanida ham “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlarni izchil davom ettirish, mahallalar, ta’lim muassasalari va yo‘l bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish, ekilgan ko‘chatlarning saqlanishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.
♻️Zero, yashil makon — shunchaki daraxtzor emas, balki sog‘lom hayot, musaffo havo va farovon kelajak demakdir!
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt