Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati M.Omonliqov tomonidan Qangli MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, ularning muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ehtiyojmand va ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga ko‘maklashish, daromad manbalarini yaratish hamda bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1