#deputat_faoliyati
#deputat_va_yoshlar
#oila
YOSHLARGA OILA QADRIYATLARI HAQIDA TUSHUNCHALAR BERILDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Sh.Karimov yangi oila qurgan yoshlar bilan suhbat o‘tkazib, ularga oilaviy hayot, o‘zaro hurmat va mas’uliyat borasida tushunchalar berdi.
Suhbat davomida oilada mehr-oqibat, o‘zaro ishonch va murosaning ahamiyati, er-xotinning bir-birini tushunishi hamda oilaviy muammolarni hamjihatlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mustahkam oila qurish, farzandlar tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish va milliy oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash yuzasidan tavsiyalar berildi.