#24_ta_masala
#Saylovchilar_bilan_uchrashuv
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov G‘allakor mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan uchinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar, hududni rivojlantirish borasidagi vazifalar hamda aholi manfaatlariga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Shuningdek, saylovchilar bilan mahalladagi mavjud masalalar, aholining ehtiyojlari va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|