O'zbekiston “Adolat” SDP Sardoba tuman Kengashiga 9-Manas saylov okrugidan saylangan deputati B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq maxallasida saylovchilar bilan uchrashuv va partiyaning “Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash – demokratik jamiyat poydevori” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Suhbat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mahalla profilaktika inspektori tomonidan hududda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.