#Aholiga o'z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan 23-Istiqlol saylov okrugi deputati D.Ataxodjayeva nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan "Jang'abay" MFY hududidagi tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini atroflicha o‘rgandilar.
🖋Tashrif davomida, fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shifokorlar tomonidan belgilangan davolash jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilgani va ulardan foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!