Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Prezident qarori ijrosi doirasida 19-sonli maktab holati o‘rganildi.
янв.21
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz.
янв.21
Bitiruvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Yoshlarning davlat boshqaruvi faoliyati bilan tanishuvi uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash va ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash sohasida qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Yoshlarning davlat boshqaruvi faoliyati bilan tanishuvi uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga tuman hokimligining tuzilmasi, bo‘lim va sektorlar faoliyati, ularning asosiy vazifa va vakolatlari, aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlar tuman hokimligida ish jarayoni bilan yaqindan tanishib, mas’ul xodimlar bilan muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Davlat xizmati, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.
Mazkur “Ochiq eshiklar kuni” yoshlarning davlat boshqaruvi tizimi haqidagi tushunchalarini boyitish, ularda fuqarolik mas’uliyati va jamoat ishlariga daxldorlik hissini shakllantirish, shuningdek, yoshlarning o‘z tashabbus va takliflarini erkin bildirishlari uchun ochiq muloqot maydonini yaratishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida yoshlarning davlat organlari faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirish, ularning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish hamda kelgusida bunday ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3