🔎 Tuman Kengashi huzuridagi “Ekspert” guruhi mas’ul kotibi P. Rahmonov tomonidan Sayapr mahallasi hokim yordamchisi faoliyatining samaradorligi tahlil qilindi.
📋 Tahlil davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi oilalar a’zolarini doimiy ish va barqaror daromad manbai bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔎 Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish, oilalar a’zolarini doimiy ish bilan ta’minlash va ularning daromadlarini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
🏛 Aholi bandligi va oilalar daromadini oshirish masalalari — e’tibor va nazoratda.