35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI

Tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva “Muhabbat” MFY raisi M. Masharipov va ijtimoiy xodim Laylo Davletova bilan birgalikda ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan fuqaro N.B. xonadonida bo‘lib, oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatini o‘rgandi.

🔹 O‘rganish davomida oilaning mavjud sharoiti va ehtiyojlari tahlil qilinib, uni kambag‘al oilalar ro‘yxatidan chiqarish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy choralar muhokama qilindi.

🔹 Jumladan, oila daromadini oshirish, doimiy daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha takliflar bildirilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📍 Bunday manzilli o‘rganishlar oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash va ularni barqaror daromad manbaiga ega qilishga qaratilgan.