Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari I.Kasimov hamda R.Djumanovalar tomonidan “Uyg‘ur” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosi, aholi murojaatlari bilan ishlash, ehtiyojmand va ishsiz fuqarolarni aniqlash hamda ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mas’ullarga belgilangan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymaslik, ishlarni sifatli va o‘z muddatida yakunlash, aniqlangan muammolarni joyida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!