#Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tumani Kengashi deputati G'.Sadikov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq Kim Pen Xva MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.
🔷O‘rganish yakunlari bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilib, aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!