Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari — deputat e’tibor markazida

8-may kuni Sardoba tumani Kengashi ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G‘.Saitboyev tomonidan Otayurt mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari o‘rganildi.
Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, kommunal, bandlik, infratuzilma hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullar ishtirokida amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda fuqarolarning muammolariga tezkor yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.
Mazkur uchrashuv aholi bilan muloqotni yana-da mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1