Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh yuriskonsulti S.Mamatov, Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari K.Mamanova va A.Andayev, shuningdek, tuman Kengashi bosh mutaxassislari ishtirokida Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda sohaga oid hujjatlarning yuritilishi tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas'ul xodimlar bilan fikr almashilib, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.

Slide 1 of 6