Deputatlar o‘z saylov hududlarida aholining dardi va takliflarini tinglamoqda
Uzun tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Dilorom Safarova o‘zi saylangan hududlarda aholining turmush sharoitini o‘rganish, ularning muammolarini eshitish va joyida yechim topish maqsadida uyma-uy yurib uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Uchrashuv davomida deputat fuqarolarning yashash sharoitlari, mahallalarda mavjud ijtimoiy muammolar, ichimlik suvi, yo‘l, elektr ta’minoti, ta’lim va tibbiyot tizimiga oid masalalarni o‘rganishdi.
Deputatlar aholining dardi bilan yashash, ularning ishonchini oqlash, eng muhimi — saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish har bir deputatning eng muhim burchi ekanini ta’kidlashdi.
Bunday uchrashuvlar tuman bo‘ylab izchil davom ettirilmoqda. Maqsad — har bir mahallada o‘zgarish bo‘lishi, har bir fuqaroning ovozi eshitilishi va ularning hayotida ijobiy natijalar sezilishi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati rasmiy kanallari.