🇺🇿 Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Tamanno Ashurova Uzun tumanining “Tojikobod” mahallasida joylashgan bir qator ijtimoiy obyektlar hamda aholi yashash joylarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
🏫 Shundan so‘ng deputat “Tojikobod”mfy idorasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
🏢 Deputat aholi bilan ham uchrashuvlar o‘tkazib, ularning murojaatlarini tingladi.
🔴 Tamanno Ashurova bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini, ularning bajarilishi esa deputatlik nazoratida bo‘lishini ta’kidladi.
📝Mazkur o‘rganishlar mahallalarda yashovchi fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, tibbiyot va ta’lim muassasalari faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda yoshlar uchun sog‘lom muhitni rivojlantirishga qaratilgan.