🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga 24-Chanoq saylov okrugidan saylangan deputat Saidova Dilshoda Mavlonboyevna o'ziga biriktirilgan Qora-qo'yli mahallasida bo‘lib, ijtimoiy himoya reestrida turgan fuqarolarga ko’rsatilayotgan yordamlar, mahalla axolisini qiynab kelayotgan masalalar va ularning yechimlari haqida o‘rganish o‘tkazdi.
🔹Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimi va mahalla faollari bilan birgalikda Qora-qo'yli MFYda ijtimoiy himoya reestrida turgan fuqarolarini kambag‘allik reyestridan chiqarish va bugungi kunda Qora-qo'yli mahallasida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi.