Joriy yilning 9-oktabr kuni O‘zbekiston XDP Bekobod shahar partiya kengashi va Xalq deputatlari shahar kengashi deputati X.Ibragimova hamkorligida O'zbekistonda xotin-qizlarning siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularni davlat va jamoat boshqaruvi sohalaridagi ishtirokini qo'llab-quvvatlash hamda siyosiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Siyosatchi ayol” ko'rik tanlovining shahar bosqichi bo'ib o'tdi. Tanlov har bir shartida ishtirokchilar siyosat, huquq, davlat boshqaruvi va jamiyat rivojiga oid bilimlarini namoyish etdilar. Tanlov natijalariga ko'ra Laziza Mamayusupova I- darajali diplom, Dildora Ismoilova II- darajali diplom, Intizor Markaboeva III- darajali diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.