Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

"Otayurt" mahallasida zamonaviy “Gulzor” madaniyat markazi foydalanishga topshirildi.

ardoba tumanida madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qaratilgan katta loyiha amalga oshirildi. "Otayurt" mahallasida joylashgan 200 o‘rinli “Gulzor” madaniyat markazi xalqimizning madaniy hayotini yanada boyitishga xizmat qiluvchi noyob inshoot sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu markaz 4 milliard so‘mlik mablag‘ evaziga qurilib, mahalla aholisiga keng foydalanishi uchun topshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi Z.Karimov va tumani Kengashi deputati G'.Saitboyevlar yangi madaniyat markazining ochilishi mahalladagi barcha ijtimoiy faoliyatlarni jadal rivojlantirishga xizmat qilishi, aholi orasida ma’naviy uyg‘onish va madaniy ongni oshirishda katta rol o‘ynashi kerakligini ta’kidladi. Madaniyat sohasidagi bunday yutuqlar jamiyatni birlashtirishi va yurtimizning kelajagi uchun yaxshi asos yaratadi.

Slide 1 of 5