Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 TA’LIM — TARAQQIYOT POYDEVORI 🗞 “Samarqand” gazetasining 2026-yil 17-yanvar kungi 2 (2619)-sonida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Olim Pardayevning “TA’LIM — TARAQQIYOT POYDEVORI” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati tuman, shahar Kengashlariga saylangan raislar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Rajabova Sabiha Musinovna ishtirokida, 1-son oilaviy poliklinikada ish faoliyati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🌱 Shaharda ekologik holat o‘rganildi
янв.21
Dehqon bozorlarida narx-navо va aholiga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Beklar va Al-Xorazmiy mahallalarida ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo ijobiy hal etildi. Qazilgan skvajinalar orqali toza suv chiqarilib, aholi foydalanishiga topshirildi. 💧
янв.21
🎭🤝 San’at va do‘stlik uyg‘unligi: Panjobda madaniy uchrashuv
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv va muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Samarqand shahar Kengashi deputatlari Abbos Hazratqulov va G‘aybullayev Fazliddin saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash, Jondor tumanida “Ayollar daftari” 6-bosqichiga kiritilishi tavsiya etilayotgan xotin-qizlar ro‘yxatini va ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash, Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan 2024-yil yakunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining Jondor tumanida ijrosini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 9