Saylovchilar bilan uchrashuv va muammolar joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari shahar kengashi deputati Davronov Komiljon saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida hududda joylashgan ijtimoiy uyning holati joyiga borib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ijtimoiy uyda bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, bino tom qismida nosozliklar, ichki kommunikatsiyalar (elektr va suv tarmoqlari) bilan bog‘liq muammolar, ayrim xonadonlarda ta’mirtalab holatlar hamda umumiy sanitariya holatini yaxshilash zarurligi qayd etildi. Shuningdek, atrof-muhitni obodonlashtirish, yoritish moslamalarini yangilash va xavfsizlik masalalari yuzasidan fuqarolar o‘z murojaatlarini bildirdi.
Aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga rasmiy murojaatlar yuborilib, ularni bartaraf etish yuzasidan nazorat o‘rnatildi. Mazkur masalalar doimiy e’tiborda bo‘lib, ijrosi bosqichma-bosqich kuzatib boriladi.
Aholi bilan bevosita muloqot qilish va muammolarni joyida o‘rganish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati
Davronov Komiljon