Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
“Artizonbo‘yi” mahallasidagi Xosil ko‘chasida asfaltlash ishlari boshlandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Aminova tomonidan “Artizonbo‘yi” mahallasida o‘tkazilgan ko‘cha o‘rganishlari davomida hududdagi Xosil ko‘chasining ta’mirtalab holatda ekani aniqlangan edi.

Mazkur masala yuzasidan deputatlik so‘rovi orqali mas’ul tashkilotlarga murojaat qilinib, ko‘chani ta’mirlash masalasi deputatlik nazoratiga olingan.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida mazkur masala o‘zining ijobiy yechimini topib, Xosil ko‘chasida asfaltlash ishlari boshlandi.

Olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi va sifatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov Xosil ko‘chasiga borib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7