Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
TIKUVCHILIK FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

TIKUVCHILIK FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7-Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov tomonidan o‘zi saylangan Nurli diyor MFY hududida tashkil etilgan tikuvchilik faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish ishlari mutaxassis T. Murodov tomonidan olib borilib, tikuvchilik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilar uchun mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Faoliyat davomida 5 ta tikuv mashinasi mavjud bo‘lib, 2 nafar tikuvchi-o‘qituvchi tomonidan 10 nafarga yaqin o‘quvchiga tikuvchilik kasbi o‘rgatilmoqda. Bu esa xotin-qizlarning kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash va daromad manbaiga ega bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Mazkur ishlar “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash tamoyillariga hamohangdir.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 23-avgustda ma’qullangan ushbu Qonun xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini kafolatlashga qaratilgan.

Slide 1 of 2