Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
IJTIMOIY XIZMATLAR VA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

IJTIMOIY XIZMATLAR VA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7-Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov saylangan Nurli diyor MFY hududida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 5–6-bandlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayoniga mutaxassis T. Murodov jalb etilib, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud masalalarni hal etish borasidagi faoliyati ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2