Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASI — OBOD VA RAVON KO‘CHALARDA

YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASI — OBOD VA RAVON KO‘CHALARDA

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan M. Eshtemirov MFY hududida olib borilayotgan asfaltlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayoni mahalla “Yettiligi” bilan hamkorlikda amalga oshirilib, ko‘chalarda bajarilayotgan asfaltlash ishlarining borishi, yo‘l qoplamasining sifati va ishlarning belgilangan talablar asosida olib borilishi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur obodonlashtirish ishlari mahalla ko‘chalarini yanada ravon, obod va zamonaviy ko‘rinishga keltirish, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Bugun yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari “Yangi O‘zbekiston”ning yangi va zamonaviy qiyofasini mahallalar misolida ham namoyon etmoqda.

Obod mahalla — Yangi O‘zbekiston qiyofasi!

Slide 1 of 8