Tadbir davomida odam savdosi inson huquq va erkinliklariga jiddiy tahdid soluvchi jinoyat ekani, uning oldini olish va fuqarolarni bunday xavflardan himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-154-son, 2008-yil 17-aprel.
️ Mazkur qonun asosida odam savdosining oldini olish, unga qarshi kurashish, odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam ko‘rsatishning huquqiy asoslari belgilangan.
Shuningdek, fuqarolarning xorijga ishga chiqishda turli aldovlarga uchramasligi, noqonuniy mehnat migratsiyasining salbiy oqibatlari hamda o‘z huquqlarini bilishi muhimligi haqida tushuntirishlar berildi.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi