Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN HUJJATLARINI CHUQUR O‘RGANISH — SAMARALI DEPUTATLIK NAZORATI GAROVIDIR
янв.21
QONUN HUJJATLARINI CHUQUR O‘RGANISH — SAMARALI DEPUTATLIK NAZORATI GAROVIDIR
янв.21
22-BAND IJROSI YUZASIDAN: ISHBILARMON AYOLLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR SALOMATLIGINI SAQLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
MAHALLALARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI O‘RGANILDI
янв.21
21-BAND IJROSI YUZASIDAN: ODAM SAVDOSI — DAVR MUAMMOSI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB OLINDI
янв.21
Kotibiyat mudiri Ochilov Farmon Baxronovich tomonidan Chilustun MFYda huquq-tartibot yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
11-BAND IJROSI YUZASIDAN: TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
3-BAND IJROSI YUZASIDAN: 76-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HUDUDIGA KIRISH QISMI BO‘YICHA ISHLAR NAZORATGA OLINDI
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugi hududidagi “Yoyilma” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida reyestrga kiritilgan ayrim oilalarning yashash sharoitlari ham bevosita xonadonlariga borilgan holda ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Vafodor ko‘chasi 5-uyda yashovchi fuqaro Shokirov Rustamjon kambag‘al oilalar reyestrida turishi aniqlandi. Shuningdek, Vafodorlik ko‘chasi 6A-uyda istiqomat qiluvchi Yusupova Dilorom ham kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ–641-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi masalalariga ham e’tibor qaratildi. Mazkur Qonunning 4-moddasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning qadr-qimmati, mustaqilligi va tanlash erkinligini hurmat qilish, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, imkoniyatlar tengligini ta’minlash hamda obyekt va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlashning asosiy prinsiplari sifatida belgilangan. Shu jihatdan, mahalladagi ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni manzilli yetkazish va mavjud muammolarini o‘z vaqtida aniqlash masalalari ham o‘rganish doirasida ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning murojaatlari tinglandi. Aniqlangan masalalar, oilalarning ijtimoiy ehtiyojlari hamda yashash sharoitlari yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi.

Mahalladagi ijtimoiy xodim Rahmatova Shaxloning ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlashi, ularning muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib amaliy ko‘mak ko‘rsatishi masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida qoldirildi.

Slide 1 of 4