Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN HUJJATLARINI CHUQUR O‘RGANISH — SAMARALI DEPUTATLIK NAZORATI GAROVIDIR
янв.21
QONUN HUJJATLARINI CHUQUR O‘RGANISH — SAMARALI DEPUTATLIK NAZORATI GAROVIDIR
янв.21
22-BAND IJROSI YUZASIDAN: ISHBILARMON AYOLLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR SALOMATLIGINI SAQLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
MAHALLALARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI O‘RGANILDI
янв.21
21-BAND IJROSI YUZASIDAN: ODAM SAVDOSI — DAVR MUAMMOSI
янв.21
Kotibiyat mudiri Ochilov Farmon Baxronovich tomonidan Chilustun MFYda huquq-tartibot yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB OLINDI
янв.21
11-BAND IJROSI YUZASIDAN: TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
3-BAND IJROSI YUZASIDAN: 76-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HUDUDIGA KIRISH QISMI BO‘YICHA ISHLAR NAZORATGA OLINDI
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugi hududidagi “Yoyilma” mahallasida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xizmatlarning tashkil etilishi, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yoyilma” mahallasida umumiy reyestrga kiritilgan 79 ta oila mavjud. Shundan 24 tasi davlat ta’minotidagi oilalar, 53 tasi kambag‘al oilalar, 2 tasi esa kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi.

Mazkur oilalar bilan ishlashda ijtimoiy xodimning faoliyati muhim o‘rin tutadi. O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim Rahmatova Shaxlo tomonidan ehtiyojmand oilalarning holatini o‘rganish, ularga tegishli ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va mavjud muammolarni aniqlash borasidagi ishlar ham tahlil qilindi.

Shuningdek, o‘rganish davomida mahalla hududida yashovchi fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning yashash sharoitlari bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi. Fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni tegishli tartibda hal etish va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash masalalari deputatlik nazoratida qoldirildi.

Slide 1 of 4