Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN HUJJATLARINI CHUQUR O‘RGANISH — SAMARALI DEPUTATLIK NAZORATI GAROVIDIR
янв.21
QONUN HUJJATLARINI CHUQUR O‘RGANISH — SAMARALI DEPUTATLIK NAZORATI GAROVIDIR
янв.21
22-BAND IJROSI YUZASIDAN: ISHBILARMON AYOLLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLALARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR SALOMATLIGINI SAQLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
21-BAND IJROSI YUZASIDAN: ODAM SAVDOSI — DAVR MUAMMOSI
янв.21
Kotibiyat mudiri Ochilov Farmon Baxronovich tomonidan Chilustun MFYda huquq-tartibot yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB OLINDI
янв.21
11-BAND IJROSI YUZASIDAN: TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
3-BAND IJROSI YUZASIDAN: 76-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HUDUDIGA KIRISH QISMI BO‘YICHA ISHLAR NAZORATGA OLINDI
Olmazor tumani Kengashi faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh. Umarxodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixov ishtirokida Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

📝 Muloqot davomida deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomini ta’minlash, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini yanada kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

📋 Shuningdek, Kengash va doimiy komissiyalarning ish rejalarida belgilangan vazifalar ijrosi, sessiyalar kun tartibini sifatli shakllantirish, mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitish hamda Kengash qarorlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

🔎 Deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha saylov okruglarida tizimli ish olib borish, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, deputatlarga biriktirilgan muhim qonunlar ijrosini nazorat qilish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va hududlarda aniqlangan muammolarning manzilli yechimiga erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🖥 Bundan tashqari, elektron ish yuritish tizimlaridan samarali foydalanish, deputatlik so‘rovlari va xizmat yozishmalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda deputatlar faoliyati va uning amaliy natijalarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Yakunida Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish va hududlardagi masalalarni samarali hal etish yuzasidan Davronbek Ravshanbekov tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4