Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN HUJJATLARINI CHUQUR O‘RGANISH — SAMARALI DEPUTATLIK NAZORATI GAROVIDIR
янв.21
QONUN HUJJATLARINI CHUQUR O‘RGANISH — SAMARALI DEPUTATLIK NAZORATI GAROVIDIR
янв.21
22-BAND IJROSI YUZASIDAN: ISHBILARMON AYOLLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLALARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR SALOMATLIGINI SAQLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
21-BAND IJROSI YUZASIDAN: ODAM SAVDOSI — DAVR MUAMMOSI
янв.21
Kotibiyat mudiri Ochilov Farmon Baxronovich tomonidan Chilustun MFYda huquq-tartibot yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB OLINDI
янв.21
11-BAND IJROSI YUZASIDAN: TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
3-BAND IJROSI YUZASIDAN: 76-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HUDUDIGA KIRISH QISMI BO‘YICHA ISHLAR NAZORATGA OLINDI
Olmazor tumani "Umid" MFY hududidagi 219-maktab faoliyati o‘rganildi

219-maktab faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, 11-Umid saylov okrugi deputati K.Muxitdinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov ishtirokida Olmazor tumanidagi 219-sonli umumta’lim maktabiga tashrif amalga oshirilib, ta’lim muassasasidagi mavjud holat va sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab hududining obodonlashtirilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sport maydonchasining holati hamda ta’lim jarayoni uchun zarur infratuzilmaning holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning xavfsizligini ta’minlash va maktab hududini yanada obod hamda qulay holatga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratishdan iborat.

Slide 1 of 4