Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Deputat so‘roviga mas'ullar tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "17-Guliston" okrugi deputati Tursunova Shahnoza Jurakulovna tomonidan A.Sog‘uniy mahalla hududini o‘rganish davomida mahalla binosining texnik va sanitariya holati qoniqarsizligi, binoda ta’mirlash ishlarini zudlik bilan amalga oshirish zarurligi yuzasidan murojaatlar bildirilganligi, mahalla binosi holati joyiga chiqib o‘rganilganda, binoning ichki devorlarida keng va uzun yoriqlar mavjudligi, ayrim joylarda suvoq va bo‘yoq qatlamlarining ko‘chib tushgani hamda devor yuzasining jiddiy darajada shikastlangani aniqlanligi hamda ayrim yoriqlar eshik va devor tutashgan qismlardan boshlab yuqori va yon tomonlarga tarqalgani yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga O'zbekiston mahallalar uyushmasining Uchtepa tumani bo'limi boshlig‘i Laziz Yusupov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Javobda ma’lum qilinishicha, A.Sog‘uniy mahalla hududini o‘rganish davomida mahalla binosini texnik va sanitariya holati qoniqarsizligi, binoda ta’mirlash ishlari olib borilishi  bo‘yicha, Toshkent shahar hokimining 2025-yil 27-oktabrdagi 765-14-0-Q/25- son qaroriga muvofiq, Toshkent shahri tumanlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy “Mahalla markazlari”ni tashkil etish, tegishli hududlarda mahalla markazlari binolarini barpo etish hamda aholi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish belgilanganligi qayd etildi.

🕯 Mazkur qarorda mahalla markazlarida mahalla raisi va “mahalla yettiligi” uchun alohida xonalar, kutish zali, majlislar zali, kutubxona, tibbiyot xonasi, bolalar maydonchasi, obodonlashtirilgan hudud hamda avtoturargoh tashkil etilishi nazarda tutilgan hamda ushbu ro'yxatda A.Sog'uniy mahallasida ham ishlar amalga oshirilishi belgilanganligi keltirilgan.

⚙️ Hozirgi kunda mahalla fuqarolar yig‘ini binosida qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirkor aniqlanganligi hamda Uy-joy kommunal qurilish nazorat qilish inspeksiyasining xulosasi kutilayotganligi, tegishli tartibda xulosa berilgach joriy yilning 4-chorak boshida qaror ijroga qaratilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 1