Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN HUJJATLARINI CHUQUR O‘RGANISH — SAMARALI DEPUTATLIK NAZORATI GAROVIDIR
янв.21
QONUN HUJJATLARINI CHUQUR O‘RGANISH — SAMARALI DEPUTATLIK NAZORATI GAROVIDIR
янв.21
22-BAND IJROSI YUZASIDAN: ISHBILARMON AYOLLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR SALOMATLIGINI SAQLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
MAHALLALARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI O‘RGANILDI
янв.21
21-BAND IJROSI YUZASIDAN: ODAM SAVDOSI — DAVR MUAMMOSI
янв.21
Kotibiyat mudiri Ochilov Farmon Baxronovich tomonidan Chilustun MFYda huquq-tartibot yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB OLINDI
янв.21
11-BAND IJROSI YUZASIDAN: TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
3-BAND IJROSI YUZASIDAN: 76-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HUDUDIGA KIRISH QISMI BO‘YICHA ISHLAR NAZORATGA OLINDI
Mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Markaziy” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi A.Jumabayev faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlarning ijtimoiy holati, ularning bandligi, ishsiz yoshlarni aniqlash va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ularni mehnat faoliyatiga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Yoshlarning bandligini ta’minlashda ularning qiziqishi, qobiliyati va kasbiy ko‘nikmalarini inobatga olish, ishlash istagida bo‘lgan yoshlarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunar o‘rganish istagidagi yoshlarni tegishli o‘quv kurslariga jalb etish muhimligi qayd etildi.

🔺Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalasi ham o‘rganildi. Yoshlarni sport, madaniyat, kitobxonlik, turli to‘garaklar va boshqa foydali mashg‘ulotlarga keng jalb qilish orqali ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, mahalladagi har bir yosh bilan individual ishlash, uning qiziqishi va ehtiyojini o‘rganish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz yoshlarni esa mehnat bozoriga mos kasblarga yo‘naltirish muhimligi ta’kidlandi.

🔺Deputat tomonidan yoshlar yetakchisiga yoshlar bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish, ishsiz yoshlarni aniqlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish, shuningdek, yoshlarni sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga muntazam jalb etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2