Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
1-MAKTABDA TO‘GARAKLAR FAOLIYATI VA O‘QUVCHILARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova tomonidan Balandchaqir mahallasidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarini rivojlantirish, turli yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan o‘rganildi.

Tashrif davomida maktabda o‘quvchilar uchun tashkil etilgan fan, sport, ijodiy va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklarning faoliyati, mashg‘ulotlarning muntazamligi, o‘quvchilarning to‘garaklarga qamrab olinishi hamda ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib yo‘nalishlarga jalb etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, to‘garak mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun o‘quv xonalari, mavjud jihoz va inventarlar, ko‘rgazmali vositalar hamda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

O‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi va o‘z iste’dodlarini namoyon etishi uchun mavjud imkoniyatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida to‘garak rahbarlari va maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, o‘quvchilarning to‘garaklarga qiziqishi, mashg‘ulotlarda ishtiroki va erishayotgan natijalari haqida ma’lumotlar olindi. Aniqlangan masalalar yuzasidan to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quvchilar qamrovini kengaytirish hamda mashg‘ulotlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3