Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
19-BAND IJROSI YUZASIDAN: KUTUBXONA FAOLIYATI VA KITOBXONLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
8-BAND IJROSI YUZASIDAN: MO‘LIYON MFYDA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MARHABO MFYDA XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
INSON QADRI VA QONUN USTUVORLIGI — ISLOHOTLARNING BOSH MEZONI
янв.21
2-BAND IJROSI YUZASIDAN: BOG‘I TEMUR MFYDA BEMOR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
23-BAND IJROSI YUZASIDAN: “URGUTIY” MFYDA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR BILAN HUQUQIY TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“MILLIY MADHIYA — MILLIY G‘URUR” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish davomida 12x24 metr o‘lchamdagi kurash zali hamda 9x12 metr yordamchi xonalarni barpo etish, jumladan, o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun kiyinish va yuvinish xonalari, trener xonasi, omborxona hamda hamshira xonasini tashkil etish bo‘yicha qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, obyektni isitish, yoritish, issiq va sovuq suv tizimlari bilan ta’minlash hamda hududni obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi.

Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida hozirgi vaqtda obyekt hududida qurilish ishlari olib borilayotgani, qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha asosida amalga oshirilayotgani aniqlandi. Qurilish ishlarining umumiy muddati 125 kun etib belgilangan bo‘lib, ishlarni yakunlash muddati 2026-yil 11-noyabr etib ko‘rsatilgan.

O‘rganish davomida qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, kurash zalini zarur sport jihozlari bilan ta’minlash hamda yordamchi xonalarda barcha zarur sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qurilish ishlari yakunlangach, hududni obodonlashtirish, yoritish va atrof-muhitni tartibga keltirish ishlarini sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Obyektda olib borilayotgan qurilish ishlari deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 2