Yig‘ilish davomida guruh faoliyatini takomillashtirish, samaradorligini oshirish hamda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish masalalari keng muhokama qilindi.
Asosiy e’tibor qaratilgan yo‘nalishlar:
️ Yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish
️ Ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslar
️ Hududiy dasturlarga aniq va asosli takliflar kiritish
️ Yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni yanada kuchaytirish
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar kelgusidagi faoliyatni yanada samarali tashkil etishda muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.
Yakunida ustuvor vazifalar belgilab olinib, yoshlar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Mazkur yig‘ilish yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qarorlar qabul qilish jarayoniga faol jalb etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi