35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
19-BAND IJROSI YUZASIDAN: KUTUBXONA FAOLIYATI VA KITOBXONLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
8-BAND IJROSI YUZASIDAN: MO‘LIYON MFYDA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MARHABO MFYDA XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
INSON QADRI VA QONUN USTUVORLIGI — ISLOHOTLARNING BOSH MEZONI
янв.21
2-BAND IJROSI YUZASIDAN: BOG‘I TEMUR MFYDA BEMOR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
FUQAROLAR BILAN HUQUQIY TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
23-BAND IJROSI YUZASIDAN: “URGUTIY” MFYDA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“MILLIY MADHIYA — MILLIY G‘URUR” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

🗣Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

⏺Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 8-"Birdamlik" saylov okrugi deputati B.Rajabovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Birdamlik mahallasiga tashrif buyurib, mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi hamda yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💬O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazildi.

💬Jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

💬Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ta’lim, kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

🫥O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda yoshlar bilan ishlashda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mahalla farovonligi va aholi roziligi — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 2