35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
19-BAND IJROSI YUZASIDAN: KUTUBXONA FAOLIYATI VA KITOBXONLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
8-BAND IJROSI YUZASIDAN: MO‘LIYON MFYDA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MARHABO MFYDA XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
INSON QADRI VA QONUN USTUVORLIGI — ISLOHOTLARNING BOSH MEZONI
янв.21
2-BAND IJROSI YUZASIDAN: BOG‘I TEMUR MFYDA BEMOR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
FUQAROLAR BILAN HUQUQIY TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
23-BAND IJROSI YUZASIDAN: “URGUTIY” MFYDA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“MILLIY MADHIYA — MILLIY G‘URUR” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Birdamlik mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati tavsiyasiga muvofiq mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida joylarda o‘rganish va nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani deputat B.Rajabovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyat xodimi E.Eshonqulov tumandagi “Birdamlik'” mahallasiga tashrif buyurib, huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

✅Xususan, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish yuzasidan profilaktika inspektori, mahalla faollari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅Mas’ullar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish orqali jinoyatchilik omillarini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 1