Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
19-BAND IJROSI YUZASIDAN: KUTUBXONA FAOLIYATI VA KITOBXONLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
8-BAND IJROSI YUZASIDAN: MO‘LIYON MFYDA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MARHABO MFYDA XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
INSON QADRI VA QONUN USTUVORLIGI — ISLOHOTLARNING BOSH MEZONI
янв.21
2-BAND IJROSI YUZASIDAN: BOG‘I TEMUR MFYDA BEMOR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
FUQAROLAR BILAN HUQUQIY TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
23-BAND IJROSI YUZASIDAN: “URGUTIY” MFYDA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“MILLIY MADHIYA — MILLIY G‘URUR” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash holati o‘rganildi
Oliy Majlis deputati Termiz tumanida aholi bilan muloqot qildi

Oliy Majlis deputati Termiz tumanida aholi bilan muloqot qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ra’no Astanaqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tumanning olis va chegara hududlaridan biri — “Gulbahor” mahallasida bo‘lib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholini qiynayotgan muammolar hamda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Tashrif davomida Termiz tumani “Suvoqova” MChJ rahbari M. Odinayev tomonidan hudud aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash, suv ta’minotining barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan mahalladagi mavjud muammolar, xususan, aholining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Tashrif doirasida Navro‘z qishlog‘idagi 27-sonli umumta’lim maktabida ham bo‘lib, yangi o‘quv yili hamda Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan pedagoglar va o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Birinchi sinf o‘quvchilariga Bilimlar kuni munosabati bilan ezgu tilaklar bildirilib, ularga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar tilandi. Uchrashuv davomida pedagoglar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Tashrif davomida, shuningdek, “Gulbahor” mahallasida Xitoy kompaniyasi tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida paxta yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Jarayonda ilg‘or agrotexnologiyalardan foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda zamonaviy usullarni amaliyotga joriy etish holati bilan tanishildi.

Bunday amaliy uchrashuv va o‘rganishlar hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, aholining murojaatlarini joyida tinglash hamda ularning yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4