35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
19-BAND IJROSI YUZASIDAN: KUTUBXONA FAOLIYATI VA KITOBXONLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
8-BAND IJROSI YUZASIDAN: MO‘LIYON MFYDA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MARHABO MFYDA XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
INSON QADRI VA QONUN USTUVORLIGI — ISLOHOTLARNING BOSH MEZONI
янв.21
2-BAND IJROSI YUZASIDAN: BOG‘I TEMUR MFYDA BEMOR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
23-BAND IJROSI YUZASIDAN: “URGUTIY” MFYDA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR BILAN HUQUQIY TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“MILLIY MADHIYA — MILLIY G‘URUR” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash holati o‘rganildi
“DO‘STOBOD” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LNI TIKLASH BO‘YICHA PUDRATCHIGA TEGISHLI KO‘RSATMA BERILDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “DO‘STOBOD” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LNI TIKLASH BO‘YICHA PUDRATCHIGA TEGISHLI KO‘RSATMA BERILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sadriddin Turabjonovning Yashnobod tumani “Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputatlik so‘rovida “Do‘stobod” mahallasi Sulton Ali Mashhadiy ko‘chasi 210–216-uylar hududida yer osti gaz quvurini yotqizish ishlari yakunlanganidan so‘ng yo‘l va asfalt qoplamasining bir qismi to‘liq tiklanmagani, bu esa aholi uchun qator noqulayliklar tug‘dirayotgani ko‘tarilgan edi.

🔎 Toshkent shahar hokimligining rasmiy javobiga ko‘ra, mazkur hududda yer osti gaz quvurini yotqizish ishlari “Umar Ideal Gaz” MChJ tomonidan amalga oshirilgani aniqlangan.

🔺 Shuningdek, qurib bitkazilgan mazkur gaz quvuri hozirgi kunga qadar “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tasarrufiga qabul qilib olinmagani ma’lum qilingan. Gaz quvurini filial tasarrufiga qabul qilish jarayonida pudratchi tashkilot tomonidan qurilish ishlari natijasida buzilgan yo‘l va asfalt qoplamalari belgilangan tartibda to‘liq qayta tiklanishi talab etilishi qayd etilgan.

📝 Ya’ni, qurilish ishlari davomida buzilgan yo‘l qoplamasi to‘liq tiklangandan keyingina tegishli qurilish-montaj ishlari bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, gaz quvurini “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tasarrufiga qabul qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.

🛣 Eng muhimi, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan pudratchi “Umar Ideal Gaz” MChJga Sulton Ali Mashhadiy ko‘chasidagi buzilgan asfalt qoplamasini qayta tiklash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berilgan.

🤝 Shu tariqa, deputat Sadriddin Turabjonov tomonidan aholi murojaatlari asosida ko‘tarilgan masala bo‘yicha yo‘lning buzilishiga sabab bo‘lgan ishlarni amalga oshirgan pudratchi tashkilot aniqlandi va unga asfalt qoplamasini qayta tiklash vazifasi yuklatildi.

🗣 “Do‘stobod” mahallasidagi yo‘l qoplamasining belgilangan talablar asosida sifatli va to‘liq qayta tiklanishi hamda fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan muammoning amaliy yechim topishi deputat Sadriddin Turabjonov tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1