Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 22-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan deputat Pardayev Olim Mamayunusovich Bog‘ishamol, Bog‘ishifo, Tinchlik, Nafosat, Sadaf, Katta ariq, Yulduz, Qarshi yo‘li hamda Terakzor MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 29-Xo‘jasah at saylov okrugidan saylangan deputat Ergashev Bobur Safarboyevich Do‘stlik, Yuqori Xo‘jasah at, O‘rta Xo‘jasah at hamda Quyi Xo‘jasah at MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 20-Kamolot saylov okrugidan saylangan deputat Bagirov Nosir Musaevich Sayidrizо Alizoda, Kattaqo‘rg‘on, Farog‘at, Beklar, Mehrobod, Nayman, Kamolot, Amir Temur va O‘rikzor MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 19-Kimyogarlar saylov okrugidan saylangan deputat Davronov Komiljon Ochilbekovich Nurli kelajak, Shukrona, Madaniyat, Nurafshon, Darg‘om hamda Chorbog‘ MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
4-BAND IJROSI: “KAFTARXONA” MFY FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 24-Bog'isaroy saylov okrugidan saylangan deputat Negmatova Shaxzoda Shuhratovna Zulfiya, Istiqlol, Ilg'or, Tojmaxal, Damariq, Ilmobod, Bog‘isaroy, Bog‘bonlar MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
KUNLIK ISH REJA IJROSI: HUDUDDAGI MUHIM MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI
янв.21
Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
19-BAND IJROSI YUZASIDAN: KUTUBXONA FAOLIYATI VA KITOBXONLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA EHTIYOJMAND OILA HOLIDAN XABAR OLINDI

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Musaeva Dilnoza tomonidan nogironligi bo‘lgan farzand tarbiyalayotgan oila holidan xabar olindi.

✅Tashrif davomida oilaning yashash sharoiti, kundalik ehtiyojlari va mavjud muammolari o‘rganilib, oila vakillari bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.

📝Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib sharoit yaratish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

✅Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni mahallalarda izchil davom ettirish, aholining muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridandir.

🇺🇿Mustaqillik — inson qadri, mehr-oqibat va ijtimoiy himoya tamoyillarini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotgan buyuk ne’matdir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1