Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand shahar Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Mahalla tajribasi ommalashadi
янв.21
Hamkorlikdagi ish rejalari belgilab olindi
янв.21
“Ekofaol fuqaro” maqomi beriladi
янв.21
Obodlik ostonadan boshlanad
янв.21
М.Шахзода кўчасида қувурнинг ёрилган қисми депутат сўрови сабабли тезкор таъмирланди
янв.21
Samarqand shahar Kengashi deputati O.Pardaev tashabbusi bilan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Samarqand garnizonidagi harbiy qism hamkorligida “Yangi O'zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyat va shahar Kengashiga O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputatlar F.M.Xonkeldiyeva, Sh.X. Musurmonovalar o'ziga biriktirilgan Samarqand shahar "Hunarmandlar", "Xazora", "Vatanparvar" mahalla faollari bilan uchrashib, fuqoralarni qiynab kelayotgan muammolar o'rganildi. Mahallalarda chiqindilarni chiqarish va obodonlashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni vazifa qilib olindi
янв.21
Davlat dasturi loyihasi muhokamada 🌲Bugun O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. ZOOM platformasi asosida o‘tkazilgan davra suxbatida, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi xodimlari, partiyadan saylangan deputatlar, O‘zbekiston Ekologik xarakati vakillari ishtirok etishdi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi” loyihalari tahlil qilinib, ular bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarining fikr va mulohazalari o‘rganildi. Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti ijroiya qo‘mitasi raisi B.Abdullayev ham so‘zga chiqib, muhokama etilayotgan loyihalarga dolzarb takliflarni bildirdi
янв.21
Aholi muammolari hal etilmoqda
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг "Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси" йиғилиши бўлиб ўтди.

2025-йил 24-январ куни Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашнинг "Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси" йиғилиши бўлиб ўтди. Йиғилишда қуйидаги масалалар кўриб чиқилди:

1. Наманган шаҳар камбағалликни қисқартириш ва бандлик бўлими томонидан 2024-йил давомида фуқаролар бандлигини таъминлаш бўйича амалга оширилган ишлар тўғрисида.

2. 2025-йилда Наманган шаҳарни комплекс ижтимоий - иқтисодий ривожлантириш дастури тўғрисида. 

3. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати Кенгашининг “Камбағалликни қисқартириш бўйича белгиланган устувор вазифаларнинг бажарилишини назорат қилиш чора-тадбирлари тўғрисида” 2024-йил 29-ноябрдаги KQ-6-V-сон қарорини Наманган шаҳарда ижросини таъминлаш тўғрисида.

4. Наманган вилояти солиқ бошқармасининг хати тўғрисида.

5. Наманган шаҳарда ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш билан боғлиқ масалаларни ижросини таъминловчи шаҳар ишчи гуруҳи таркибини тасдиқлаш тўғрисида.

Slide 1 of 2